RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Chorshanba, 21-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 12012.30 UZS1 EUR 13466.99 UZS1 RUB 145.33 UZS
Texnologiyalar

Starlink hozir dunyodagi har toʻrtinchi samolyotda

Bu qariyb 12 000 ta laynerni tashkil etadi

21-oktabr, 14:23

Kelishuvlar dunyodagi mavjud tijoriy aviatsiya parkining qariyb chorak qismiga toʻgʻri keladi. Biznes-jetlar, yuk samolyotlari va yengil aviatsiya hisob-kitobga kiritilmagan.

Oʻtgan chorakda Starlink qurilmalari oʻrnatilgan laynerlar Asiana Airlines, Lufthansa, Korean Air, Swiss, Copa Airlines va Austrian Airlines aviakompaniyalarida qatnovlarni boshladi. Yil boshidan buyon SpaceX aviatsiya uskunalarini ishlab chiqarish hajmini toʻrt baravar oshirdi, 2026 yil oxirigacha esa uni yana ikki baravar koʻpaytirishni rejalashtirmoqda.

SpaceX Starlinkʼning mavjudligi yoʻlovchilarning aviakompaniya tanloviga taʼsir qilishini taʼkidlamoqda. Kompaniya, shuningdek, oʻzining aloqa tizimi oʻrnatilgan samolyotlarda yoʻlovchilar bilan toʻlish darajasi yuqoriroq ekanini bildirmoqda.

Yana oʻqing