RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Dushanba, 19-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 12055.90 UZS1 EUR 13572.53 UZS1 RUB 144.16 UZS
Texnologiyalar

VEON Oʻzbekistondagi Perfectum mobil operatorining 100 foizini 207 mln dollarga sotib oladi

Zarur ruxsatnomalar olindi, bitimni yakunlash esa 2026-yil oktabr oyi oxirigacha kutilmoqda.

Muharrir: Азиза19-oktabr, 17:28

VEON Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatori Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foizini sotib olish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bitimning umumiy summasiga kompaniyaning qarzdorligi ham kiradi, xolding esa bitimning pul qismini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.

Bitim yakunlangach, Beeline Uzbekistan qoʻshimcha chastotalar, uskunalar va infratuzilmaga, jumladan Nokia uskunalari asosidagi 5G Standalone tarmogʻiga ega boʻladi. VEON buning natijasida operatorning radiochastota resurslari taxminan 50 foizga oshishi, tarmoq qamrovi va oʻtkazuvchanlik quvvati kengayishi, shuningdek, 5G hamda uylar va biznes uchun simsiz internet rivojlanishi qoʻllab-quvvatlanishini kutmoqda.

Kompaniya tarmoqlarni integratsiya qilish orqali kelgusidagi kapital va operatsion xarajatlarni qisqartirishga ham umid qilmoqda.

Yana oʻqing