Oʻzbekistonda Tibbiyot xodimlari kunini qayta nomlash taklif qilinmoqda
Endi mamlakat boʻylab 50 mingdan ortiq farmatsevtlarni ham sharaflash taklif etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining kasb bayrami rasmiy nomini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini maʼqullab, Senatga yubordi.
Hujjat amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish kiritishni koʻzda tutadi: «Tibbiyot xodimlari kuni» tushunchasi «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni»ga almashtiriladi.
Bunday oʻzgartirish «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi hamda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarda qoʻllanadigan atamalarni oʻzaro uygʻunlashtirish imkonini beradi.
Parlamentda taʼkidlanganidek, farmatsevtlar xizmatlarini rasmiy darajada eʼtirof etish kasb nufuzini oshiradi, shuningdek, ularni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashga turtki boʻladi.
Yana oʻqing

