Oʻzbekistonda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni yengillashtirishlari mumkin
25-oktabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan loyiha boʻyicha mulohazalar qabul qilinadi.
20-oktabr, 18:03
Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi jismoniy shaxslar topshiradigan yoʻlovchi deklaratsiyalarini avtomatlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Maxsus algoritmlar tizimga bojxona xodimi ishtirokisiz hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish imkonini beradi.
Mexanizmni xavf darajasi past boʻlgan hujjatlarga ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bunday deklaratsiyalarda valyuta qimmatliklari, taqiqlangan tovarlar yoki deklaratsiya qilinishi majburiy boʻlgan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar boʻlishi mumkin emas. Avtomatik tartibda rasmiylashtirilganda bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.


