Lili Jeyms yozuvchi Lyusi Foulining «Ovchilar bazmi» romani asosidagi filmda bosh rolni ijro etadi va uning prodyuserlaridan biri boʻladi. Filmni Universal Pictures ishlab chiqaradi.
«Yulduzlar bilan raqslar»ning 35-mavsumi finalini dastlabki hisobda 9,2 mln tomoshabin koʻrdi. U 18–49 yoshdagilar orasida oʻn yildan ortiq davrdagi eng yuqori reytingni qayd etdi.
Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval boʻyicha nizoni suddan tashqari tartibda hal qilishdi. Ularning vakillari qaror oila manfaatlarini koʻzlab qabul qilinganini bildirishdi, biroq kelishuv tafsilotlarini oshkor qilishmadi, deb yozadi Hello! Magazine.
Disney «Avatar 4» va «Avatar 5»ni chiqarish rejalarini tasdiqladi: toʻrtinchi qism suratga olish 2027-yilda boshlanadi, premyeralar esa 2029-yil 21-dekabr va 2031-yil 19-dekabrga belgilangan.
Oʻzbekistonning The Aural Sea milliy ekspozitsiyasi Observer, Domus va ArtReview baholariga koʻra, 61-Venetsiya biennalesining eng yaxshi pavilyonlari roʻyxatlaridan joy oldi.
London Museum 1880-yillarda qurilgan sobiq Smitfild bozorini jamoatchilik uchun ochdi. Bu muzeyning Barbican Estate yaqinidagi binodan koʻchishining birinchi bosqichidir.
London Museum 1880-yillarda qurilgan sobiq Smitfild bozorini jamoatchilik uchun ochdi. Bu muzeyning Barbican Estate yonidagi binodan koʻchishining birinchi bosqichidir.
«Otamga oda 2» (ishchi nom) ijodkorlari ilk poster va tizeri taqdim etdi. Premyera 2027 yilgi Oy taqvimi boʻyicha Yangi yil taʼtiliga rejalashtirilgan.
Yosh Heymitch Aberneti haqidagi prikvel franshiza tarixidagi toʻrtinchi eng yirik jahon premyerasini namoyish etdi va Lionsgatening 2026-yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.