Kroger chakana savdo tarmogʻi uch yil ichida qariyb 3000 xodimini qisqartiradi
Bu qaror operatsiyalarni soddalashtirish va mijozlar bilan ishlaydigan xodimlarga investitsiya kiritishga qaratilgan, deya maʼlum qildi AQSh supermarketlar tarmogʻi bosh direktori Greg Foran. Bu haqda Business Insider yozdi.

Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Kroger uch yil davomida taxminan 3000 ta korporativ lavozim qisqartirilishini eʼlon qildi. Chakana savdo tarmogʻi AQShda Walmartdan keyingi ikkinchi yirik chakana sotuvchi hisoblanadi. Oʻzgarishlar kompaniyani yanada moslashuvchan va raqobatbardosh qilishga qaratilgan.
Walmart US kompaniyasining sobiq bosh direktori boʻlgan Foranning taʼkidlashicha, qisqartirishlar resurslarni doʻkonlar va onlayn xizmatlardagi xodimlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish imkonini beradi. Uning soʻzlariga koʻra, texnologiyalar ish usullarini oʻzgartirmoqda va kompaniya bu oʻzgarishlarga moslashmoqchi.
Qisqartirishlar turli boʻlinmalarga taalluqli boʻladi va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xodimlarga dastlabki bildirishnomalarni yaqin oylar ichida yuborish rejalashtirilgan. Foran operatsiyalarni soddalashtirish qaror qabul qilishni tezlashtirishi va xaridorlar uchun narxlarni pasaytirishga yordam berishini taʼkidladi.

