Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentdagi Fargʻona shossesida avtobus yoʻlaklarini nazorat qiluvchi kameralar oʻrnatildi

Qurilmalar har ikki yoʻnalishda 6 km uzunlikdagi qismdagi harakatni nazorat qiladi, deb xabar berdi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi.

13-oktabr, 13:11
Republish · SI

Kameralar jamoat transporti uchun ajratilgan, «A» belgisi tushirilgan yoʻlaklarda harakatlanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun oʻrnatildi.

Soat 06:00 dan 23:00 gacha boshqa avtomobillarning ushbu yoʻlaklardan harakatlanishi taqiqlanadi. Cheklovga rioya qilinmagan holatlar avtomatik tarzda qayd etiladi.

Shunga oʻxshash videonazorat tizimlari Toshkentning boshqa koʻchalarida ham bosqichma-bosqich oʻrnatilmoqda. Ularni joriy etish avtobuslar harakati uchun ustuvor sharoit yaratish va jadvaldan chetlanishlarni kamaytirishga qaratilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media