Anthropic IPOsi narxi belgilangach, Nasdaq 100 fyucherslari 2% ga oshdi
IPO parametrlari belgilangach, Anthropic debyutini kutayotgan AQSh fond indekslari fyucherslari oshmoqda. Kompaniya aksiyalari payshanba kuni Nasdaqʼda savdoni boshlashi rejalashtirilgan.

Anthropic birlamchi joylashtirish doirasida 980 mln aksiyani har birini 83 dollardan taklif qilishini maʼlum qildi. IPO hajmi 81,3 mlrd dollarni, kompaniyaning umumiy bahosi esa qariyb 1,5 trln dollarni tashkil etadi.
Aksiyalar Nasdaq Global Select Marketʼda ANT tickeri ostida savdoga chiqishi kutilmoqda. Yana 26 mlrd dollarlik aksiyalar ommaviy boʻlmagan bozorda joylashtirilmoqda; xaridorlar qatorida Google, AMD va Microsoft tilga olingan.
Dow Jones fyucherslari 0,7% ga, S&P 500 fyucherslari 1,1% ga, Nasdaq 100 fyucherslari esa 1,8% ga oʻsayotgan edi. Sessiya davomida Nasdaq 100 kontraktlarining oʻsishi 2% ga yetdi.




