Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Xitoy bilan qurilish sohasida hamkorlik boʻyicha olti tashabbus ilgari surdi

Bishkekdagi «Markaziy Osiyo – Xitoy» konferensiyasida vazir Sherzod Hidoyatov raqamlashtirishdan zilzilabardosh qurilishgacha boʻlgan olti tashabbusni taqdim etdi.

15-noyabr, 13:02

Bishkekdagi uchrashuvda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy bilan hamkorlik boʻyicha oltita taklifni taqdim etdi. Hidoyatovning aytishicha, soʻnggi yillarda mamlakatda 15 mingta koʻp kvartirali uy foydalanishga topshirilgan, hozir esa umumiy maydoni 218 mln kvadrat metr boʻlgan obyektlar qurilmoqda.

Tashabbuslar sanoat usulidagi uy-joy qurilishi va zamonaviy materiallar ishlab chiqarish sohalarida texnologik hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi. Oʻzbekiston, shuningdek, qurilish meʼyorlarini uygʻunlashtirish, ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish hamda akademik almashinuv bilan birga qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirishni taklif qildi.

Alohida yoʻnalishlar qatorida binolarni axborot modellashtirish texnologiyalari, sunʼiy intellekt va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish bor. Bundan tashqari, tomonlar zamonaviy shaharsozlik, muhandislik infratuzilmasi va Smart City sohasida loyihalarni amalga oshirishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oltinchi taklif Markaziy Osiyo – Xitoy seysmik muhandislik assotsiatsiyasini tashkil etishdan iborat boʻldi. Ushbu tuzilma doirasida zilzilabardosh qurilish boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, muhandislik tajribasi bilan almashish, loyihalash meʼyorlarini uygʻunlashtirish va mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston qurilish sohasida litsenziya berish muddati 10 kundan 10 daqiqagacha qisqargani qayd etilmoqda. Hidoyatov mamlakat belgilangan yoʻnalishlarda hamkorlar bilan ishlash va oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.