Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Rossiyalik olimlar yangi shirinlashtiruvchini sinovdan oʻtkazdi

101 nafar koʻngilli ishtirok etgan tadqiqotda brazzein qoʻshilgan shakarsiz mahsulotlar qondagi glyukoza keskin koʻtarilishini ikki baravar kamaytirdi, deb xabar beradi Habr.

12-oktabr, 14:30
American Heritage Chocolate / Unsplash

Oziqlanish, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi federal tadqiqot markazi olimlari shakar oʻrniga brazzein oqsili qoʻshilgan muzqaymoq bilan tajriba oʻtkazdi. Tadqiqotda metabolik disfunksiya bilan bogʻliq yogʻli jigar kasalligi (MASLD) boʻlgan odamlar qatnashdi. Bu kasallik koʻpincha diabet va semirish bilan birga kechadi.

Koʻngillilar muzqaymoqning uch turini tatib koʻrdi: shakar qoʻshilgan oddiy muzqaymoq, brazzeinli muzqaymoq va brazzein oziq-ovqat tolasi inulini bilan birga qoʻshilgan muzqaymoq. Shakarsiz variantlarni isteʼmol qilgandan keyin qondagi glyukoza miqdori shakarli muzqaymoqdan keyingiga qaraganda taxminan ikki baravar kamroq koʻtarildi. Bu taʼsir, ayniqsa, 2-tur diabeti boʻlgan odamlarda yaqqol kuzatildi.

Gʻarbiy Afrikada oʻsadigan oʻsimlik mevalaridan topilgan brazzein bir xil massada shakardan 2000 baravar shirin. Hozirda u genetik jihatdan oʻzgartirilgan zamburugʻlar yordamida ishlab chiqariladi. Tadqiqotchilar yakuniy xulosalar chiqarish uchun uzoqroq davom etadigan sinovlar zarurligini taʼkidlamoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media