Koinotdagi eng goʻzal qizning ismi maʼlum boʻldi
Puerto-Riko vakili Jennifer Barreto «Miss Universe — 2026» tanlovida gʻolib boʻldi. Final 24 noyabr kuni San-Xuanda 116 mamlakat va hudud vakillari ishtirokida oʻtkazildi.

Barretoga unvonni avvalgi tanlov gʻolibi — Meksika vakili Fatima Bosch topshirdi. Yangi toj sohibasi xalqaro «Miss Universe» tanlovida gʻolib chiqqan ilk ona boʻldi. Uning yetti yoshli Penelopa ismli qizi bor. Bu gʻalaba Puerto-Riko uchun tanlov tarixidagi oltinchi gʻoliblik boʻldi.
Barreto psixologiya boʻyicha bakalavr darajasini hamda psixologiya va ijtimoiy ish yoʻnalishlari boʻyicha ikkita magistrlik darajasini olgan. U 2021 yildan beri Texasdagi AQSh Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam bergan, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va bolalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarida qatnashgan. Keyinchalik u profilaktika boʻyicha mutaxassis boʻlgan. «Miss Universe Puerto-Riko» milliy tanlovigacha u bunday musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega emas edi.
Finalchilarning beshligidan, shuningdek, Dominikan Respublikasidan Melissa Nunes, Venesueladan Klara Vegas, Filippindan Bea Millan-Vindorski va Yangi Zelandiyadan Jorjiya Uoddington joy oldi.




