Oʻzbekistonda sezilgan inflyatsiya 10,2 foizgacha oshdi
2026-yil oktabr soʻrovi yakunlariga koʻra, sezilgan inflyatsiya 10,2% boʻlib, oʻtgan oydagidan yuqori chiqdi. Toshkentda u 12,1%ga yetdi.

Markaziy bank aholining narxlar oʻsishiga bergan bahosi oʻtgan oyga nisbatan oshganini maʼlum qildi.
Tarmoqlar kesimida sezilgan inflyatsiya eng yuqori axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohalarida boʻldi. Eng past koʻrsatkich umumiy ovqatlanish sohasida qayd etildi.
Hududlar orasida Toshkentdan keyin eng past koʻrsatkich Qoraqalpogʻistonda qayd etildi — 8,5%. Oylik daromadi 7 mln soʻmdan ortiq boʻlgan aholi vakillari ham sezilgan inflyatsiya yuqoriroq ekanini bildirgan.
Respondentlar koʻpincha goʻsht va sut mahsulotlari, yoqilgʻi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz qimmatlaganini maʼlum qilgan. Boshqa omillar qatorida yoʻl haqi va transport xizmatlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlari narxlarining oshishi ham qayd etilgan.




