Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda qariyb 23 km uzunlikdagi avtobus yoʻlagi barpo etilmoqda

Oʻzbekiston poytaxtida Sergeli va Yunusobod tumanlarini bogʻlaydigan BRT tezkor avtobus yoʻlagi qurilmoqda. Yoʻnalishning umumiy uzunligi 22,7 kmni tashkil etadi.

13-noyabr, 12:07

Yoʻlak toʻrtta koʻcha boʻylab oʻtadi. Shota Rustaveli koʻchasida 6,5 km uzunlikdagi qism allaqachon ishlamoqda. Shahrisabz koʻchasidagi 3,2 kmning 2,2 km qismi ishga tushirilgan. Amir Temur shoh koʻchasidagi 7,6 km uzunlikdagi qismda ishlar boshlandi, Yangi Sergelida esa yana 5,5 km yoʻlni qurishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yoʻnalish boʻylab elektron tablolarga, kuzatuv kameralariga va SOS tugmalariga ega zamonaviy bekatlar jihozlanadi. Avtobuslar chorrahalarda kamroq toʻxtashi uchun svetoforlar «yashil toʻlqin» tizimiga oʻtkaziladi.

Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Shota Rustaveli koʻchasida BRT ishga tushirilganidan soʻng avtobuslarning tezligi 45 foizga, yengil avtomobillarniki esa 18 foizga oshgan. Jamoat transportidan kunlik foydalanuvchilar soni taxminan 8 ming kishiga koʻpaygan.

Butun loyihani yakunlash muddatlari hozircha eʼlon qilinmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media