Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Oskar tarixidagi eng omadsiz aktrisaga nihoyat haykalcha topshirildi

Oskarga sakkiz marta nomzod boʻlib, hech qachon gʻolib chiqmagan Glenn Close kino sanʼatiga qoʻshgan hissasi uchun faxriy haykalchani oldi.

16-noyabr, 19:47
cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net · Кадр из к/ф «Гамлет» (1990)

The Governor Awards faxriy mukofotlari 16 noyabr, dushanbaga oʻtar kechasi topshirildi. Close bilan birga rejissyor Ridley Scott va multiplikator Floyd Norman ham kinoga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlandi. Irving Thalberg xotira maxsus mukofotini prodyuserlar Christine Vachon va Pamela Koffler oldi.

Close Oskarga gʻolib chiqmagan holda eng koʻp nominatsiyaga ega aktrisa hisoblanadi. Tirik kinoijodkorlar orasida hech kimda bu qadar koʻp magʻlubiyatdan iborat ketma-ketlik yoʻq. Aktyor Peter OʻToole ham mukofotga sakkiz marta daʼvogarlik qilgan, biroq keyinchalik faxriy Oskarni olgan.

Close «Fatal Attraction», «Dangerous Liaisons», «Albert Nobbs», «The Wife», «The World According to Garp», «The Big Chill», «The Natural» va «Hillbilly Elegy» filmlari uchun mukofotga nomzod boʻlgan.

Scott filmlari toʻqqizta Oskarni qoʻlga kiritgan, biroq rejissyorning oʻzi bungacha mukofot bilan taqdirlanmagan edi. U «Alien», «Blade Runner», «Gladiator», «Thelma & Louise», «Black Hawk Down» va «The Martian» filmlarini suratga olgan. Scott yaqinda tibbiy muolajadan oʻtgani sababli marosimda qatnashmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media