«Paxtakor» FK Toshkent budjetidan 5 mlrd soʻm oladi
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov 29-oktabr kuni futbol klubiga Shaharni rivojlantirish jamgʻarmasidan 5 mlrd soʻm ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
1-noyabr, 11:31
Mablagʻlar tasdiqlangan smetada koʻrsatilgan xarajatlarga, jumladan, ish haqi, infratuzilmani saqlash va oʻyinlarni oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.
Moddiy yordam soʻrab «Paxtakor» va Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi murojaat qilgan. Mablagʻlarni «Tashkent Invest» taqsimlaydi, xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobot esa xalq deputatlari Kengashiga taqdim etiladi.
Shahar toʻlovidan tashqari, klub 2026-yil uchun respublika budjetidan 35 mlrd soʻm olishi kerak.



