Tramp Rossiya dizel yoqilgʻisi yetkazib berishiga qoʻyilgan sanksiyalar yumshatilgani haqidagi tanqidlarga javob berdi
AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi postida OAV Yevropa Ittifoqining ilgari Rossiyadan energetika resurslarini xarid qilganini eʼtibordan chetda qoldirayotganini koʻrsatdi.

Условия / Shartlar / Terms
http://m.voanews.com/a/3430146.html · Изменён размер и формат файла.Donald Tramp Rossiya dizel yoqilgʻisini AQShga va jahon bozorlariga eksport qilishga qoʻyilgan cheklovlarni vaqtincha yumshatish qarori tanqid qilinganiga munosabat bildirdi. U oʻz postida ayrim baholarga tayanib, Yevropa Ittifoqi 2022-yildan keyin Rossiya energetikasiga qariyb 250 milliard dollar sarflaganini aytdi.
Sanksiyalarni yumshatish haqidagi qaror har ikki partiya vakili boʻlgan qonunchilar tomonidan tanqid qilindi. Toʻrt respublikachi ham kirgan senatorlar guruhi AQSh Rossiyaga moliyaviy koʻmak bermasligi kerakligini bildirdi.
Trampning taʼkidlashicha, bu chora AQShda dizel yoqilgʻisining yuqori narxlarini pasaytirishga yordam beradi.

