Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Ammandagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II Ammandagi “Oʻzbekiston — Iordaniya” koʻrgazmasiga tashrif buyurdi.

25-noyabr, 13:18

Koʻrgazma Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi. U ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bagʻishlangan.

Koʻrgazmada togʻ-kon sanoati va geologiya, kimyo, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, transport va logistika, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika hamda mudofaa sanoatiga oid loyihalar va takliflar namoyish etildi. Yetakchilarga istiqbolli investitsiya loyihalari koʻrsatildi. Tashkilotchilar ekspozitsiya investorlarga sarmoya kiritish imkoniyatlari bilan bevosita tanishishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Stendlarga mineral xomashyo va bazalt mahsulotlari, oʻgʻitlar, oziq-ovqat mahsulotlari, paxta ip-kalavasi, matolar, tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari joylashtirildi. Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qoʻshma loyihalarni amalga oshirish haqida soʻzlab berdi. Koʻrgazma sanoat kooperatsiyasi, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media