Netanyaxuning muxolifi Isroil parlamenti spikeri boʻldi
Muxolifatdagi «Yashar!» partiyasi deputati Matan Kaxana Knesset spikeri etib saylandi: uni 120 deputatdan 66 nafari qoʻllab-quvvatladi. U «Likud» vakili Amir Ohananing oʻrnini egalladi, deb xabar bermoqda Ynet.
18-noyabr, 13:42

eadaily.com
Kaxanani muxolifatdagi yahudiy va arab partiyalari qoʻllab-quvvatladi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bloki koʻmagidagi «Likud» nomzodi Ofir Kats 52 ta ovoz oldi. Ovoz berishdan oldin qariyb yetti soat davom etgan munozaralar boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Associated Press.
Saylanganidan keyin Kaxana yarashishga chaqirdi va Isroilning barcha fuqarolari uchun spiker boʻlishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, turli qarashlar davlat institutlari va boshqa pozitsiyadagi insonlarga hurmat koʻrsatishga xalaqit bermasligi kerak.




