Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Olimlar kosmosdagi yadroviy portlash sunʼiy yoʻldoshlarga xavf tugʻdirishi haqida ogohlantirdi

Kosmosdagi yadroviy portlash portlash joyidan ancha uzoqda boʻlgan sunʼiy yoʻldoshlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Habr yozishicha, bunga 1962-yilda AQSh oʻtkazgan sinovlar tajribasi misol boʻla oladi.

13-noyabr, 18:33

1962-yil 9-iyulda AQSh Tinch okeani ustida Starfish Prime sinovini oʻtkazdi. Quvvati 1,4 megatonna boʻlgan zaryad taxminan 400 km balandlikda portlatildi. Natijada Yer atrofida bir nechta sunʼiy yoʻldoshga zarar yetkazgan sunʼiy radiatsiya kamari hosil boʻldi.

Zarar koʻrgan apparatlar orasida Amerikaning Transit 4B navigatsiya sunʼiy yoʻldoshi va aloqa sohasidagi ilk tijoriy sunʼiy yoʻldosh — Telstar 1 ham bor edi. Nurlanish elektronika ishini izdan chiqargan va quyosh panellarining yemirilishini tezlashtirgan.

Bugungi kunda bunday portlash sunʼiy yoʻldosh aloqasi, navigatsiya va Yerni kuzatish tizimlariga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Biroq oqibatlar koʻlami portlash quvvati, balandligi va orbitalarning joylashuviga bogʻliq.

Zamonaviy sunʼiy yoʻldoshlar koʻrishi mumkin boʻlgan aniq talafotlarni oldindan aytish qiyin: bunday sinovlar 60 yildan ortiq vaqt davomida oʻtkazilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media