Zeekr Mercedes-Benz G-Classʼga raqib tayyorlamoqda: dastlabki tafsilotlar
Zeekr Mercedes-Benz G-Class bilan raqobatlashadigan lyuks yoʻltanlamasni koʻrib chiqmoqda. Loyiha hali tasdiqlanmagan, avtomobil 2028–2029-yillarda ishlab chiqarilishi mumkin.

Zeekr yangi lyuks yoʻltanlamasning texnik-iqtisodiy asoslanishining dastlabki bosqichida. Kompaniya rahbariyati loyihani hozircha tasdiqlamagan, shu sababli uni amalga oshirish muddatlari hali uzil-kesil belgilanmagan. Qaror ijobiy boʻlsa, model 2028–2029-yillarda ishlab chiqarish liniyasiga chiqarilishi mumkin.
Manbalar maʼlumotiga koʻra, avtomobil klassik rama konstruksiyasiga ega boʻlmaydi. Uning asosida monokok yoki yarim monokok kuzov, mustaqil elektr dvigatellari, pnevmatik osma va elektron boshqaruv tizimlaridan foydalanish mumkin. Ishlab chiquvchilar yoʻltanlamas uchun anʼanaviy mexanik yechimlar oʻrniga dvigatellar oʻrtasida burovchi momentni qayta taqsimlashni koʻrib chiqmoqda.
Zeekrʼda bunday kuch qurilmasi sxemasini yaratish tajribasi allaqachon bor: toʻrt dvigatelli 001 FR kremniy karbididan foydalanadigan motorlar va tortish vektorini boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim avtomobilga «tankcha burilish»ni amalga oshirish imkonini beradi. Yoʻltanlamas uchun, avvalo, notekis yuzada harakatlanayotganda burovchi momentni nazorat qilishga moslashtirilgan boshqa sozlama kerak boʻladi. Loyiha uchun asos sifatida 900 volt kuchlanishli gibrid platforma koʻrib chiqilmoqda.




