Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Anthropic sakkiz kun ichida ishlaydigan operatsion tizim yaratdi

Anthropic kompaniyasi dasturlash va murakkab masalalarni hal qilishda tezroq hamda samaraliroq boʻlgan sunʼiy intellektning Claude Fable 5.2 va Mythos 5.2 yangi modellarini taqdim etdi, deb xabar beradi 3DNews.

10-noyabr, 17:17

Tajriba davomida Fable 5.2 mingdan ortiq sunʼiy intellekt agenti yordamida sakkiz kun ichida operatsion tizim prototipini yaratdi. U noutbukda ishga tushishi mumkin, shuningdek, drayverlar, fayllarni saqlash tizimi, grafik interfeys va oʻrnatish dasturini oʻz ichiga oladi.

Anthropic maʼlumotlariga koʻra, yangi modellar avvalgi modellariga qaraganda javoblarni 30 foizgacha tezroq yaratadi. Ular, shuningdek, qora tuynuklar fizikasi bilan bogʻliq ikkita ilmiy masalani hal qilishga va uchta elektron qurilmani loyihalashga yordam berdi.

Fable 5.2 keng auditoriya uchun mavjud, Mythos 5.2 esa kiberxavfsizlik va biologiya sohalarida faoliyat yuritadigan tekshirilgan tashkilotlar uchun moʻljallangan. Foydalanish narxi bir million kiruvchi token uchun 8 dollardan boshlanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media