Kannavaro Rossiyaga qarshi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng: «Biz gʻalabaga juda erta ishondik, aslida esa 98 daqiqa davomida oʻynash kerak»
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jamoasining Rossiyaga qarshi magʻlubiyatidan (2:3) keyingi oʻyiniga baho berdi.

Italiyalik mutaxassis shogirdlari uchrashuvni munosib oʻtkazgan deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, jamoa gʻalabaga muddatidan oldin ishongani uchun yutqazgan.
«Bugun biz yaxshi oʻynadik. Muammo shundaki, oʻyin tugashidan oldinroq gʻalaba haqida oʻylab qoʻydik. Bu biz uchun yaxshi saboq: final hushtagi yangramaguncha, uchrashuv tugamaydi. Butun 95–98 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak. Baʼzan futbol juda yomon boʻladi», — dedi Kannavaro.
Murabbiy jamoa taktikasini ham tushuntirdi. Uning fikricha, yuqori pressing xavf bilan bogʻliq, chunki himoyachilar yakkama-yakka oʻynashiga toʻgʻri keladi. Shu sababli terma jamoa baʼzan himoya chizigʻini yuqoriga koʻtaradi.
Kannavarodan yana bir savol soʻrashdi: Italiya terma jamoasi sardori boʻlish qiyinroqmi yoki murabbiylik qilishmi? U ikkilanmasdan murabbiylik ishini tanladi. «Albatta, murabbiy boʻlish. Sen jamoaga bogʻliq boʻlasan. Koʻplab jihatlarni kuzatib borishingga toʻgʻri keladi, ammo oxir-oqibat hammasini futbolchilarning qanday oʻynashi hal qiladi», — deya javob berdi u.




