Peruda Rim papasining dunyodagi eng baland haykali ochildi
Port shahri Kalyau shahrida Lev XIV tashrifi oldidan 14 metrlik yodgorlik oʻrnatildi. Peru rasmiylari uni dunyodagi Rim papasining eng baland haykali deb atamoqda.

Tinch okeani sohilidagi Peruning Kalyau port shahrida Rim papasi Lev XIVning 14 metrlik haykali ochildi. Mahalliy hokimiyat bu pontifikka bagʻishlangan dunyodagi eng baland haykal ekanini maʼlum qildi.
Peruga tashrif Lev XIVning Janubiy Amerika boʻylab safaridagi soʻnggi bekat boʻladi. U bungacha Argentina va Urugvayda boʻlgan. Buenos-Ayresda uning missa marosimiga 2,5 mln kishi tashrif buyurgan.
Safarga oz vaqt qolganida 71 yoshli pontifik oʻpka adenokarsinomasini — xavfli oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiyani boshdan kechirdi. Vatikan oʻsma mahalliylashganini va bundan keyingi davolanish talab etilmasligini maʼlum qildi.




