Milli Bobby Braun Netflixʼning «Non-Refundable» komediyasida bosh rolni ijro etadi va prodyuserlik qiladi
Aktrisa Jek Innanen bilan birga toʻyi bekor qilingach, Meksikaga yoʻl oladigan sobiq juftlik haqidagi hikoyada suratga tushadi.

Milli Bobby Braun Netflixʼning «Non-Refundable» romantik komediyasida bosh rolga ega boʻldi. Aktrisa, shuningdek, loyihada eri Jeyk Bonjovi bilan birga prodyuserlik qiladi. Uning suratga olish maydonidagi hamkori «Kattalar» seriali orqali tanilgan Jek Innanen boʻladi.
Syujet markazida Neyt va Dani — ayriliqdan soʻng ham toʻy uchun band qilingan joy haqini toʻlashga majbur ekanini anglab yetgan sobiq sevgililar turadi. Ular vaziyatga koʻnish oʻrniga Meksikaga yoʻl olishadi va yangi hamrohlar bilan uchrashuvlarga chiqib, bir-birlarida rashk uygʻotishga urinadilar.
Filmga avval Saturday Night Live sketchlari va «Kattalar» seriali ustida ishlagan Pol Briganti rejissyorlik qiladi. Ssenariyni Devid Bernstayn yozgan.
Braun uchun bu Netflix bilan «Stranger Things», «Enola Holms» trilogiyasi va «Damsel» filmidan keyingi navbatdagi hamkorlik loyihasidir. «Non-Refundable» filmini suratga olish va uning premyerasi sanalari hozircha eʼlon qilinmagan.




