Fargʻonada 10 mlrd soʻmga tunu kun ishlaydigan sayyohlik koʻchasi barpo etiladi
Fargʻonada Tashlamasoy kanali boʻylab sayr qilish hududlari, savdo shoxobchalari va dam olish joylariga ega yangi sayyohlik koʻchasi paydo boʻladi. Obyektlar tunu kun ishlaydi, deya xabar bermoqda Fargʻona viloyati hokimligi.
16-noyabr, 22:05

gov.uz · Gov.uz - Хокимият Ферганской области
Loyiha Al-Xorazmi, Tinchlik va Abdurahmon Jomiy mahallalari orqali oʻtuvchi, uzunligi 3,2 km boʻlgan hududni qamrab oladi. Hududni obodonlashtirish uchun 10 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Bu yerda savdo va xizmat koʻrsatish sohasida 40 dan ortiq korxona ochish rejalashtirilmoqda. Natijada 300 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi. Qurilish ishlari allaqachon boshlangan, hozir ishchilar piyodalar yoʻlaklarini barpo etmoqda.




