Bank sektori foydasi yil boshidan buyon 40 foizga oshdi
Oʻzbekiston tijorat banklarining 2026 yilning toʻqqiz oyidagi sof foydasi 15,26 trln soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40,3 foiz koʻp, deya xabar berdi Markaziy bank.
Soliq toʻlangungacha boʻlgan foyda 34,8 foizga oshib, 17,44 trln soʻmga yetdi. Banklarning foizli daromadlari 18,5 foizga oshib, 110,4 trln soʻmni tashkil etdi, xarajatlari esa 21,4 foizga koʻpayib, 79,2 trln soʻmga yetdi.
Foyda oʻsishining asosiy omili foizsiz daromadlar boʻldi — ular 44,3 foizga oshib, 76,2 trln soʻmga yetdi.
Aktivlar rentabelligi (ROA) 2,1 foizdan 2,37 foizgacha, kapital rentabelligi (ROE) esa 11,8 foizdan 14,1 foizgacha oshdi.
Shu bilan birga, sektor foydasining 67,5 foizini aktivlari 30 trln soʻmdan ortiq boʻlgan 12 ta yirik bank taʼminladi. Ular jami 10,3 trln soʻm foyda oldi.




