Apple iPhone Duoʻning ichki displeyi yorilayotgani haqidagi shikoyatlarga munosabat bildirdi
Apple bunday nosozlikka duch kelgan foydalanuvchilarga qurilmani almashtirish uchun AppleCare xizmatiga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.
27-oktabr, 10:38

apple.com · Apple.com - официальный сайт Apple
Ekran shikastlangani haqidagi xabarlar iPhone Duo egalari sharnirning markaziy chizigʻi boʻylab yoriqlar paydo boʻlganini aniqlaganidan keyin paydo boʻldi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, muammo oz sonli qurilmalarga taalluqli boʻlib, ulardan foydalanish boshlanganidan koʻp oʻtmay yuzaga kelishi mumkin. Smartfonlarning aksariyatiga bu muammo taʼsir qilmagan.
Foydalanuvchilar nosozlik haqida forumlarda yozishdi. Biroq nashrlar orasida nafaqat haqiqiy holatlar, balki sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan bir nechta soxta xabarlar ham uchragan.


