Tom Kruz ishtirokidagi «Digger» filmi $250 mln zarar koʻrishi mumkin
Dunyoning oxiri haqidagi satiraning zarari, prokatdan keyingi tushumlar ham hisobga olinganda, aktyor faoliyatidagi eng yirik yoʻqotishga aylanadi, deya xabar bermoqda TheWrap.

Skydance kutishicha, «Digger» filmi prokatni 250 million dollar zarar bilan yakunlaydi. Bu Tom Kruz faoliyatidagi eng yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizlik boʻladi.
Film ilk dam olish kunida butun dunyo boʻyicha 21 million dollar yigʻdi (AQShda 8 million, boshqa bozorlarda 12 million). Skydance prognoziga koʻra, umumiy kassa tushumi 40 million dollardan oshmaydi.
Filmni ikki karra «Oskar» sovrindori Alejandro Gonsales Inyarritu suratga olgan. Kartina turlicha baholandi: ayrim tanqidchilar uni chalkash deb atagan boʻlsa, boshqalari jasur satira deb baholadi. Loyihani toʻliq moliyalashtirgan Warner Bros. vaziyatga izoh bermayapti.

