AQSh prezidenti KXDR yetakchisi bilan uchrashuvni hamon istisno qilmayapti
AQSh prezidenti Donald Tramp kelajakda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini aytdi. APEC sammitida uchrashuv tigʻiz jadval sabab boʻlmadi.
20-noyabr, 12:36

news.sbs.co.kr
Telekanalga bergan intervyusida Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar hali ham oʻtkazilishi mumkinligiga ishonch bildirdi. Uning aytishicha, sammit paytida juda koʻp uchrashuvlar rejalashtirilgan edi.
Avvalroq AQSh prezidenti 18–19 noyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida oʻtgan APEC sammitida KXDR yetakchisi bilan uchrashish ehtimolini bildirgan edi.




