Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

Aleksandr Volkov UFC bilan yangi shartnoma tuzdi

UFC ogʻir vazn reytingida ikkinchi oʻrindagi Aleksandr Volkov bir nechta jang uchun shartnoma imzoladi. Menejerining soʻzlariga koʻra, tomonlar uning chempionlik jangini muhokama qilmoqda.

17-noyabr, 20:47

Jangchi menejeri Ivan Bannikov yangi shartnoma avvalgisidan foydaliroq ekanini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Volkovning chempionlik jangi masalasi allaqachon muhokama qilinmoqda.

Volkov 37 yoshda. U 2016 yildan beri UFCda ishtirok etadi va tashkilotda 15 ta gʻalaba hamda beshta magʻlubiyat qayd etgan.

Oktyabr oyida Abu-Dabida oʻtgan UFC 333 turniridagi soʻnggi jangida rossiyalik jangchi vatandoshi Rizvan Kuniyevni hakamlarning yakdil qarori bilan magʻlub etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media