Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkent — Astraxan poyezdi 17-dekabrdan qatnay boshlaydi

Toshkent va Astraxan oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri poyezd 2026-yil 17-dekabrdan haftasiga bir marta qatnay boshlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlum qildi.

17-noyabr, 18:12

150-sonli poyezd «Toshkent-Markaziy» vokzalidan payshanba kunlari soat 18:00 da joʻnab, mahalliy vaqt bilan shanba kunlari soat 19:00 da Astraxanga yetib boradi.

149-sonli qaytish reysi 20-dekabrdan qatnay boshlaydi: Astraxandan joʻnab ketish yakshanba kuni soat 02:01 ga, Toshkentga yetib kelish esa seshanba kuni soat 04:35 ga rejalashtirilgan. Yoʻnalish Qozogʻistondagi Qandiagʻash va Aqtobe, shuningdek Rossiyadagi Iletsk, Orenburg va Samara orqali oʻtadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media