Navoiyda yangi hokim tayinlandi
Bobir Islomov energetika kompaniyasidagi faoliyatidan soʻng shahar hokimi boʻldi, deya viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muharrir: Азиза15-oktabr, 11:42

gazeta.uz — Фото: Хокимият Навоийской области — Прессматериал правообладателя
Условия / Shartlar / Terms
Фото: Хокимият Навоийской области · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателяNavoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati Bobir Islomov Navoiy shahri hokimi lavozimiga tayinlanganini maʼlum qildi. U bungacha «Mintaqaviy elektr tarmoqlari» kompaniyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab, elektr tarmoqlaridan foydalanish masalalariga masʼul boʻlgan.
Islomov 1981 yilda Navbahor tumanida tugʻilgan. U uchta oliy taʼlim muassasasini: Navoiy davlat konchilik instituti, Buxoro texnologiya instituti va Oliy biznes maktabini tamomlagan. Hokim lavozimida u shaharni 2023 yil iyulidan beri boshqarib kelgan Dilmurod Ergashevning oʻrnini egalladi.
Manba: Gazeta.uz


