Viza chayqovchilari Yaponiya elchixonasidagi onlayn navbatni izdan chiqardi
Yaponiya elchixonasi Tashkentda viza hujjatlarini topshirish uchun onlayn navbatni platformaga bir necha bor ruxsatsiz kirilgach, vaqtincha toʻxtatdi.

Toshkentdagi diplomatik vakolatxona elektron navbat qachon tiklanishini hozircha maʼlum qilmadi. Tizim himoyalangach, yangi boʻsh slotlar bosqichma-bosqich ochiladi. Arizachilardan saytga oʻta zarurat boʻlmasa kirmaslik soʻraldi.
Elchixona yozilishning imkoni boʻlmagani haqidagi murojaatlarni telefon va elektron pochta orqali qabul qilmaydi. Boʻlib turish maqomi sertifikati (COE) egalari hamda Oʻzbekiston TIVning verbal notasiga ega shaxslar bundan mustasno. Ular hujjatlar nusxalarini [email protected] manziliga yuborishi mumkin, shundan soʻng konsullik xodimlari tashrif sanasini qoʻlda belgilaydi.
Diplomatik vakolatxona maʼlumotiga koʻra, nosozlikka, ehtimol, qayta sotuvchilar foydalanadigan avtomatlashtirilgan botlar faolligi sabab boʻlgan: ular boʻsh vaqtlarni egallab, keyin arizachilarga sotadi. Oʻzbekistonda onlayn bron qilish 2026-yil bahorida yoʻlga qoʻyilgan, avgustda esa elchixona navbatga yozilishdagi firibgarlikning ommaviy holatlaridan ogohlantirgan. Qozogʻistonda ham shunga oʻxshash muammo tufayli Yaponiya diplomatik vakolatxonasi 2026-yil 23-sentabrdan internet orqali bron qilishni bekor qilib, jonli navbatga oʻtdi.




