Epochal neyrotarmoqlar uchun «vaqt mashinasi»ni taqdim etdi
Epochal AI Time Machine — prognozlash platformasini taqdim etdi: u AIga internetning saqlangan versiyalaridan foydalanish imkonini beradi va 1990-yillarga oid 1 trilliondan ortiq sahifani indeksladi.

Time Portal ishlab chiquvchilar va AI-agentlarga oʻtmishdagi aniq vaqtni tanlab, internetning «muzlatilgan» versiyasi bilan ishlash imkonini beradi. Bu tanlangan sanadan keyin paydo boʻlgan maʼlumotlar taʼsirini istisno qilishi kerak.
Tizim daqiqagacha aniqlikdagi miqdoriy testlardan foydalanadi: agent faqat mavjud tarixiy maʼlumotlarga tayangan holda prognoz qiladi, soʻng natijani amaldagi voqea bilan solishtiradi. Takroriy testlarda Epochal 0,98 korrelyatsiya qayd etdi.
Kompaniya prognozlashda insondan ustun kela oladigan AI yaratmoqchi. Epochal mumkin boʻlgan vazifalar qatorida iqtisodiy inqirozlar, moliya bozorlari xatti-harakati va geosiyosiy voqealarni baholashni sanaydi.
Startap platforma uchun buyruqlar satri, Rust va Python mijoz dasturlari hamda AI-agentlar bevosita chaqira oladigan MCP serverini chiqardi. Hal etilmagan masalalar — maʼlumotlar sizib chiqishi xavfi va indekslangan sahifalarga nisbatan mualliflik huquqlariga rioya qilish.
Startapni xAIʼning sobiq xodimlari Zhang Guodong, Dai Zihan va Manuel Kroiss boshqaradi. Jamoada OpenAI, Anthropic va DeepMindʼning sobiq xodimlari ham bor. Guodong loyihaga $100 mln sarmoya kiritgan.




