Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

MANAR ETÉRA Mallʼda dunyoning yetakchi brendlarini taqdim etadi

ETÉRA Mallʼda koʻp brendli Sneakbeat sport doʻkoni, Leviʼs, PUMA doʻkonlari, shuningdek, xalqaro riteyl-xolding Free Style Group portfelidagi boshqa brendlar doʻkonlari ochiladi. 16 noyabr kuni MANAR Development kompaniya bilan strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.

20-noyabr, 17:36
MANAR

Memorandum ETÉRA Mall do‘konlari tarkibini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi. MANAR Development uchun bu yangi markazning savdo galereyasi ustidagi ishlarning bosqichlaridan biridir. Free Style Group tajribasi Toshkent aholisi va mehmonlarining qiziqishlarini hisobga olgan holda brendlar hamda do‘kon formatlarini tanlashga yordam beradi.

MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov memorandum imzolanishini hamkorlikning boshlanishi deb atadi:

«Biz uchun ETÉRA Mall’da yaxshi obro‘ga ega, zamonaviy xaridorlarning ehtiyojlarini tushunadigan brendlar taqdim etilishi muhim. Markazimiz konsepsiyasi va hamkorimizning tajribasi Toshkent aholisi uchun qiziqarli savdo makonini yaratishga yordam berishiga ishonaman».

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

«Biz xaridorlar uchun yangi darajadagi makonlar yaratishga intilamiz va ETÉRA Mall bu vazifaga mos keladi. Hamkorlik bizga zamonaviy maydonda do‘konlar ochish va kolleksiyalarimizni shahar aholisi uchun yanada qulay qilish imkonini beradi», – deya izoh berdi Free Style Group bosh direktori Sona Mkrtchyan.

MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov va Free Style Group bosh direktori Sona Mkrtchyan
MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov va Free Style Group bosh direktori Sona Mkrtchyan

Rejaga ko‘ra, ETÉRA Mall’ning birinchi qavatida premium brendlar do‘konlari, uchinchi qavatida esa sport va bolalar mahsulotlari do‘konlari joylashadi. MANAR Development va Free Style Group hamkorligi savdo markazidagi do‘konlar tanlovini kengaytirishi kerak.

ETÉRA Mall MANAR Development Toshkentda, Abdulla Qodiriy va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida qurayotgan ETÉRA ko‘p funksiyali majmuasining bir qismidir. Majmuaning umumiy maydoni 35 ming kv. m ni, shundan savdo markazi maydoni 20 ming kv. m ni tashkil etadi. Majmuada biznes-markaz va premium toifadagi apartamentlar ham paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda jamoatchilik fikri onlayn-resursi tomonidan oktabr oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ETÉRA Mall poytaxtdagi eng kutilayotgan savdo-ko‘ngilochar markaz deb topildi. Majmuani ochish 2027 yil kuziga rejalashtirilgan.

Ijara va hamkorlik masalalari bo‘yicha leasing@manar.group
Telegram: t.me/Lease_Manager manziliga murojaat qilish mumkin.