Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

GTA VI oʻyini chiqarildi — uni 13 yil kutishdi

Rockstar Games 13 yillik kutilishdan soʻng GTA VI oʻyinini chiqardi. Oʻyin PlayStation 5 va Xbox Series X|S platformalarida mavjud, Metacriticʼdagi oʻrtacha bahosi esa 100 balldan 99 ballni tashkil etadi.

19-noyabr, 12:48

Oʻyin 19 noyabr kuni yarim tunda foydalanish uchun taqdim etildi. Unga birinchi boʻlib Yangi Zelandiya va Avstraliyadagi foydalanuvchilar kirish imkoniga ega boʻldi: Yangi Zelandiyada mahalliy yarim tun Grinvich vaqti bilan soat 11:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 16:00 da boshlandi. Qolgan hududlarda oʻyin tegishli vaqt mintaqalarida yarim tun kirib kelishi bilan ishga tushmoqda.

Tanqidchilar seriyaning yangi qismini asosan ijobiy baholadi. Metacriticʼda GTA VI qariyb 150 ta sharh asosida 100 balldan oʻrtacha 99 ball oldi. Hatto unchalik ijobiy boʻlmagan taqrizlarda ham oʻyin besh balldan toʻrt yoki 10 balldan toʻqqiz ballga baholandi.

GTA VI voqealari Mayamining xayoliy koʻrinishi boʻlgan Vays-Siti va AQShdagi Floridaning oʻyindagi muqobili — Leonidaning boshqa hududlarida kechadi. Asosiy qahramonlar — Lusya Kaminos va Jeyson Dyuvall.

Grand Theft Auto seriyasi ilk bor 1997 yilda chiqdi. Uning dunyo boʻyicha umumiy savdosi 470 mln nusxadan oshdi. 2013 yilda chiqqan avvalgi qism — GTA V — sotuvlarning dastlabki uch kunida 1 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media