Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xitoyning CE-25A elektr samolyoti odamlar bilan ilk sinov parvozini amalga oshirdi

CE-25A ilk bor ikki uchuvchi va sinov muhandisi bilan havoga koʻtarildi. Parvoz 14-noyabr kuni Shandun provinsiyasining Binchjou shahri ustida amalga oshirildi.

16-noyabr, 11:03

Oʻn tonnalik samolyot 16 daqiqa 38 soniya havoda boʻlib, shu vaqt ichida 60,4 kilometr masofani bosib oʻtdi. Barcha sinovlar bir soatga yetmay yakunlandi. Konstruktorlar bahosiga koʻra, bort tizimlari meʼyorida ishladi va hisoblangan koʻrsatkichlarga mos keldi.

CE-25Aʼni Xitoy tijoriy aviatsiya korporatsiyasi (COMAC), akkumulyator ishlab chiqaruvchi CATL, Shanxay Jiao Tong universiteti va boshqa hamkorlar yaratdi. Bu kompaniyaning qisqa masofali shaharlararo yoʻnalishlarga moʻljallangan elektr tortish kuchiga ega ilk tijoriy samolyotidir.

Samolyot 19 nafargacha yoʻlovchini tashishi, 300 km/soat kruiz tezligiga erishishi va 2400 metrgacha balandlikka koʻtarilishi mumkin. Bir zaryad bilan uchish masofasi 400 kilometrni tashkil etadi. Kuch qurilmasi halqasimon qoplamalardagi ventilyatorlarga ega oʻnta elektr dvigateldan iborat — har bir qanotda beshtadan.

Odamlar ishtirokidagi sinovlargacha prototip 2-fevraldan boshlab 19 ta uchuvchisiz sinov parvozini amalga oshirdi. Xitoy aviatsiya regulyatorlari CE-25Aʼni sertifikatsiyalash uchun berilgan arizani allaqachon qabul qilgan. Rasmiylarning maʼqullashi modelni muntazam tijoriy reyslarga chiqarish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media