Xitoy avtomobil bozori: ayrim ishlab chiqaruvchilar rekord oʻrnatmoqda, boshqalari esa mavqeini boy bermoqda
2026-yil oktabr oyida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari savdosida turlicha dinamika kuzatildi. CnEVPost xabariga koʻra, Xpeng, Leapmotor va Xiaomi avtomobil yetkazib berish hajmini oshirgan, Nio, Li Auto hamda Huawei avtomobil alyansi esa pasayishga duch kelgan.

Bozor yetakchisi BYD yangi energiya manbalarida ishlaydigan 490,2 mingta avtomobil sotdi — bu oʻtgan yilga nisbatan 11 foizga koʻp. Brend elektromobillari savdosi bir oyda ilk bor 300 ming donadan oshdi.
Xpeng 50,2 mingta avtomobil yetkazib berib, rekord oʻrnatdi (+19,6%). Leapmotor yetkazib berish hajmini 51 foizga oshirib, 106,1 mingta avtomobilga yetkazdi. Xiaomi ham 50 mingta avtomobil marrasidan oshdi.
Shu bilan birga, Nio avtomobil yetkazib berish hajmi 15,2 foizga qisqarib, 34,2 ming donani, Li Autoniki esa 8,6 foizga kamayib, 29 ming donani tashkil etdi. Eng katta pasayish Huawei HIMA alyansida qayd etildi: uning natijasi 50,8 foizga tushib, 33,5 mingta avtomobilni tashkil qildi.
Oktabr natijalari Xitoyning elektrlashtirilgan avtomobillar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi raqobat kuchayganidan dalolat bermoqda.



