Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Xorazmda Liaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

Filialda taʼlim oʻzbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi, talabalar esa kunduzgi va muqobil shakllarda oʻqiydi.

6-oktabr, 18:10
ManoBV16 / Wikimedia Commons

Prezidentning 2026-yil 2-oktabrdagi PP–359-son qarori bilan Xorazm viloyatida Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi. Taʼlim jarayoni 2026/2027-oʻquv yilidan boshlanadi.

2030/2031-oʻquv yiliga qadar filialga qabul qilingan talabalar butun taʼlim davrida toʻliq davlat granti asosida oʻqiydi. Shundan keyin qabul oʻrinlarining 30 foizi davlat grantlari hisobidan shakllantiriladi.

Talabalar amaliyotni Xorazm viloyatidagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida oʻquv rejalariga muvofiq oʻtaydi. Qarorda dual taʼlim mexanizmlaridan foydalanish ham belgilangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media