GTA 6: Ultimate Edition kontenti qanday ochiladi
$100 lik Ultimate Edition bonuslari GTA 6 boblari boʻyicha ochiladi. Ayrim buyumlar vaqtinchalik boʻlib, muayyan voqealardan keyin yoʻqoladi.

Oʻyin ichidagi doʻkon qoʻshimcha kontent darhol emas, Jason va Lucia hikoyasi boʻylab taqsimlanganini koʻrsatadi. Bonuslarning aksariyati birinchi bobdan ochilib, Leonidadagi sarguzasht davomida mavjud boʻladi.
Birinchi bobda Jason uchun Dinka Enduro mototsikli va Crest Kayak baydarkasi, modifikatsiyalari bor Vapid Ganado pikapi, uning shaxsiy toʻpponchasi, One-Eyed Willieʼs va Rideout Customs ustaxonalari, Stock 305 hamda Saraʼs Unisex Salon doʻkonlari ochiladi. Shuningdek, 50 dan ortiq naqshli Electric Fang Tattoo Parlor tatuirovka saloni va PTT Youngin$ Compound hududi ham mavjud boʻladi.
Ikkinchi bobda Lucianing shaxsiy toʻpponchasi va Vice City uslubidagi Morgan revolverlari paydo boʻladi. Wyman bilan Mud Clubʼga tashrif buyurgach, Dominator baggisi va garaj, keyin esa klassik avtomobillarni izlash topshiriqlari ochiladi. Toʻrtinchi bobda Vice City Style kiyimlari va tatuirovkalari, shuningdek, qurol qutisi bor Shitzu Squalo qayigʻi ochiladi. Beshinchi bobda oʻyinchi ’95 Grotti Cheetahʼni oladi.
Jasonning dastlabki transport vositalaridan faqat birinchi bobda foydalanish mumkin: keyingi bobga oʻtilgach, ulardan foydalanish imkoniyati butunlay yoʻqoladi va qayta tiklanmaydi. Ayrim doʻkonlar erta ochiladi, ammo u yerdan buyumlarni darhol xarid qilish har doim ham mumkin emas — buning uchun pul kerak.




