Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Siyosat

Trampning Gʻazo boʻyicha Tinchlik kengashiga vaʼda qilingan 18 milliard dollar qayerga ketdi?

Donorlar Trampning Tinchlik kengashi orqali Gʻazoni qayta tiklash uchun qariyb 18 milliard dollar vaʼda qilgan, biroq oʻt ochish toʻxtatilganidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, ishlar boshlanmadi. 280 million dollardan katta qismi oʻzlashtirilmagan.

19-noyabr, 13:29
thenationalnews.com

Tinchlik kengashi donorlarning dastlabki moliyaviy majburiyatlari qariyb 18 milliard dollarga yetganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, qurilishning boshlangʻich bosqichi uchun u 280 million dollar soʻragan. Kengashning sentyabrdagi bayonotiga koʻra, bu mablagʻning katta qismi oʻzlashtirilmay qolgan.

Isroil xalqaro kuchlar yoki tayyorgarlikdan oʻtgan Falastin politsiyasiga Gʻazoga kirib, HAMASni qurolsizlantirishga kirishishga ruxsat bermaguncha, loyihalarni boshlashning iloji yoʻq. Isroil oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berilishini ham cheklamoqda, vaʼda qilingan koʻchma uylarni oʻtkazmayapti hamda Gʻazoni boshqarish boʻyicha Falastin qoʻmitasining sektor hududiga kirishiga yoʻl qoʻymayapti. Qoʻmita Qohirada faoliyat yuritmoqda.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, sulh kuchga kirganidan beri Isroil kamida 1 658 nafar falastinlikni oʻldirdi, 6 000 kishini yaraladi. Qariyb 1,4 mln falastinlik hamon vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Kengashni Donald Tramp Gʻazo boʻyicha reja doirasida taklif qilgan va unga qayta tiklash ishlarini muvofiqlashtirish vakolati berilgan. Uning tarkibiga moliyaviy majburiyat olganini ham maʼlum qilgan Oʻzbekiston ham kiradi, biroq bu majburiyat miqdori oshkor qilinmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media