Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

G7 TIV rahbarlari sunʼiy yoʻldosh infratuzilmasi xavfsizligini kuchaytirish zarurligini bildirdi

G7 tashqi ishlar vazirlari sunʼiy yoʻldosh tizimlarini himoya qilishni muhokama qilib, hukumatlar va operatorlarni xatarlarni baholash hamda hodisalar haqidagi maʼlumotlarni almashishga chaqirdi.

12-noyabr, 14:09
Wikimedia Commons · U.S. Navy photo by Petty Officer 1st Class Samantha Jetzer

Parijda boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunlari boʻyicha bayonotda vazirlar hayotiy ahamiyatga ega sunʼiy yoʻldosh infratuzilmasining barqarorligini oshirish zarurligini qayd etdi. Gap sunʼiy yoʻldoshlar, yerusti stansiyalari va boshqaruv markazlari haqida bormoqda.

G7 tashqi ishlar vazirlari ushbu obyektlarni jismoniy tahdidlar va xakerlik hujumlaridan himoya qilishni kuchaytirishga chaqirdi. Ularning fikricha, hukumatlar hamda suvosti, sunʼiy yoʻldosh va yerusti tarmoqlari operatorlari xatarlarni birgalikda baholashi va hodisalar haqidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida almashishi kerak. Bayonot Buyuk Britaniya hukumati saytida eʼlon qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media