Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoqlarni birgalikda himoya qilishga kelishib oldi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoqlarni saqlab qolish hamda ularning yashash joylarini tiklash uchun saʼy-harakatlarini birlashtiradi.

Tegishli memorandum 12 noyabr kuni Antaliyada oʻtkazilgan COP31 iqlim konferensiyasida imzolandi.
Mamlakatlar saygʻoqlar soni, ularning migratsiyasi va salomatligi holatini birgalikda kuzatib borishni rejalashtirmoqda. Buning uchun sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatuvdan foydalanish, ilmiy maʼlumotlar almashish va veterinariya nazoratini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Brakonyerlikka qarshi kurash, migratsiya yoʻllarini himoya qilish, yaylovlar va suv havzalarini tiklashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoqlarni ilgari yashagan hududlariga qaytarish dasturlarini ishlab chiqadi. Tomonlar, shuningdek, qoʻshma tadqiqotlar va tabiatni muhofaza qilish reydlarini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.




