Qishda gaz taqsimotida aholiga va ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi
Qishda gaz taqsimotida turar joylar, maktablar, bolalar bogʻchalari va shifoxonalarga ustuvorlik beriladi. Vazirlar Mahkamasi 2026–2027-yillar mavsumida gaz taʼminoti tartibini tasdiqladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. Hujjat 1-oktabrdan 31-martgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.

Ustuvor isteʼmolchilar qatoriga strategik ahamiyatga ega obyektlar ham kiradi. Aholi va ijtimoiy muassasalarni gaz bilan taʼminlash uchun havo keskin soviganida boshqa toifadagi isteʼmolchilarga yetkazib berish vaqtincha qisqartirilishi mumkin.
Energetika vazirligi va gaz taʼminoti tashkilotlari ob-havo hamda mavjud resurslarni hisobga olgan holda kunlik va oʻn kunlik jadvallarni tuzadi. Keyingi oy uchun rejalarni respublika komissiyasi tasdiqlaydi. Gazni shaharlar va tumanlar boʻyicha taqsimlash bilan hokimliklar «Hududgaztaʼminot» boʻlinmalari bilan birgalikda shugʻullanadi.
Magistral gaz quvurlaridagi bosim pasaysa yoki mavjud gaz hajmlari kutilmaganda oʻzgarsa, jadvallar tezkor ravishda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Aholi va ijtimoiy obyektlarga berilgan ustuvorlik saqlanib qoladi.




