Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,02EUR 13 361,67RUB 148,80Payshanba, 29-oktabr 2026-yil
Sport

FIFA 2026-yilgi jahon chempionatida chiptalar va xizmatlar savdosidan rekord darajadagi 5 mlrd dollar oldi

Tushum 2022-yilgi jahon chempionatidagi natijadan besh baravar yuqori boʻlib, turnir uchun kutilgan budjetdan ham oshdi.

29-oktabr, 16:58
Wikimedia Commons · Northwest

Yakuniy summaga oʻyinlar sonining koʻpaygani, dinamik narxlash va FIFAʼning rasmiy platformasida chiptalarni qayta sotishdan olinadigan komissiya taʼsir koʻrsatdi.

Tashkilot ikkilamchi savdolardan 30 foiz ulush oldi. Bunday modelga AQShning sport tadbirlariga chiptalarni qayta sotishga ruxsat beruvchi qonunchiligi tufayli imkon yaratildi.

Turnir gʻolibi Ispaniya boʻldi, Argentina kumush medalni, Angliya esa bronza medalni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston terma jamoasi debyut jahon chempionatini K guruhida soʻnggi oʻrinda yakunlab, uchala uchrashuvda ham magʻlub boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing