Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Fitch Universal Bank reytingini «B-» darajasida qoldirdi

Agentlik bankning hayotiylik reytingini ham «b-» darajasida tasdiqladi, prognoz esa «barqaror» boʻlib qoldi, deb xabar beradi Fitch Ratings.

7-oktabr, 13:40
Republish · SI

Fitch baholashida Universal Bankning mustaqil kredit qobiliyati cheklangan bozor ulushi, kreditlarning tez oʻsishi va portfelning yuqori konsentratsiyasi bilan bogʻlangan. Muammoli kreditlar ulushining pastligi, yuqori daromadlilik hamda kapital va likvidlik zaxiralari bankning kuchli tomonlari sifatida qayd etilgan.

Agentlik Oʻzbekiston banklari uchun operatsion muhit bahosini «b»dan «b+»ga oshirdi. Bu bank islohotlaridagi siljishlar va tartibga solish kuchaygani bilan izohlangan; mamlakat iqtisodiyoti 2026-yilning birinchi yarmida 8,5% oʻsgan.

Universal Bank 2026-yilning birinchi yarmi yakunida mamlakat bank sektori aktivlarining 1%idan kamiga ega boʻlgan. Bank asosan Fargʻona viloyatida kichik va oʻrta biznesni moliyalashtiradi, uning kreditlaridagi xorijiy valyuta ulushi 31%ga yetgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media