Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Jeff Bezos Robert Pattinsonni Jeyms Bond roliga ilgari surdi — buning sababi nima?

Amazon rahbari Jeff Bezos Robert Pattinsonni Jeyms Bond roliga faol tavsiya qilganini aytdi. Pattinsonning ijrosi Bezosni boshqa nomzodlarning chiqishlaridan koʻra koʻproq taassurotlantirgan.

18-noyabr, 23:35
peopletalk.ru

Bezos Semaforʼning «Silikon vodiysi va dunyo» tadbirida rejissyor Deni Vilyonuvning boʻlajak filmida 007-agent rolini ijro etadigan aktyorni tanlash jarayoni haqida soʻzlab berdi. Film Amazon MGM ishtirokida suratga olinayotgani sababli, Amazon rahbarining fikri, tabiiyki, hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan.

Jamoa besh nafar finalchining kasting sinovlarini koʻrdi. Ularning har biri uch xil sahnani ijro etdi, shundan soʻng tanlov ishtirokchilari yozuvlarni tomosha qilish va muhokama qilish uchun bir necha soat sarfladi. Bezosning aytishicha, barcha aktyorlar oʻzini juda yaxshi koʻrsatgan, biroq Pattinson ijrosida oʻziga xos nimadir bor edi. Muhokama yakunida Bezos ham, Vilyonuv ham uning nomzodini maʼqul koʻrgan.

Amazon rahbari tanlov oldidan boʻlgan ikkilanishlari haqida ham gapirdi. U tomoshabinlar Pattinsonning avvaldan mavjud mashhurligi sababli unga nisbatan xolis boʻlmagan munosabatda boʻlishidan xavotirlangan. Bezosning soʻzlariga koʻra, Bond rolini undan avval ijro etgan aktyorlar ushbu franshizada qatnashganidan keyin mashhur boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media