«Galatasaray» yanvar oyidayoq «MYU»dan Bruno Fernandesni olib ketishga urinib koʻradi
Turkiya klubi portugaliyalik futbolchini «oʻnlik» pozitsiyasida koʻrmoqda, bu holda Aleksey Batrakov «sakkizlik» pozitsiyasiga suriladi.

«Galatasaray» «Manchester Yunayted»ning 32 yoshli yarim himoyachisi Bruno Fernandesga yana qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Turkiyaning Fanatik nashri. Yozda Istanbul klubi transfer boʻyicha kelisha olmagandi, endi esa qishki transfer oynasida portugaliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
Qiziqish Angliya OAVlari Fernandes «MYU» bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgani haqida xabar berganidan soʻng kuchaydi. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Agar yarim himoyachi erkin agent sifatida ketsa, unga «Barselona» ham daʼvogarlik qilishi mumkin. «Galatasaray»da bunday vaziyatda «Yunayted» sardorni qishda sotishni afzal koʻradi, shunda u uchun pul oladi, deb umid qilishmoqda.
Turkiya jamoasi bosh murabbiyi Okan Buruk allaqachon rahbariyatdan yarim himoyani kuchaytirishni soʻragan. Agar kelishuv amalga oshsa, Fernandes hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Batrakov esa «sakkizlik» pozitsiyasiga suriladi. Shu tariqa, ikkalasi ham asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Fanatik maʼlumotlariga koʻra, yozda Fernandes «Galatasaray»ga oʻtishga tayyor boʻlgan, biroq «Manchester Yunayted» jamoa sardorini qoʻyib yuborishni istamagan.




