Andrea Kimi Antonelli tarixdagi eng yosh Formula-1 chempioniga aylandi
Meksika Gran-prisi yakunlangach, «Mersedes» piloti Andrea Kimi Antonelli Formula-1 chempionatida muddatidan avval gʻolib chiqdi. U 2026-yilgi mavsumda 20 yosh va 68 kunligida chempionlik unvonini qoʻlga kiritib, yangi rekord oʻrnatdi.
2-noyabr, 12:55

Republish · instagram.com/kimi.antonelli
Antonellining bu yutugʻi Sebastyan Fettel natijasidan ustun keldi. Nemis piloti 2010-yilda 23 yosh va 134 kunligida chempion boʻlgan.
Eng yosh chempionlardan iborat beshlik qatoriga Lyuis Xemilton, Fernando Alonso va Maks Ferstappen ham kirdi.



