Yevropa yetakchilari FIFA saylovida Infantinoga qarshi nomzod izlamoqda
UEFA va boshqa konfederatsiyalar rahbarlari 18-noyabrga qadar FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantinoga raqib topishlariga ishonmoqda, deb yozadi Guardian Sport.

Yevropa, Shimoliy Amerika (Concacaf) va Osiyo futbol konfederatsiyalari Janni Infantinoning qayta saylanishiga qarshi chiqmoqda, biroq hozircha yagona nomzod boʻyicha kelishib olmagan. Ularning prezidentlari — Aleksander Cheferin, Viktor Montalyani va shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa — saylovda ishtirok etmasligini bildirdi.
Ehtimoliy nomzodlar orasida avvalroq Infantinoni isteʼfoga chiqishga chaqirgan sobiq futbolchi Luish Figu ham tilga olinmoqda. Muxolifat FIFA bosimidan qochish uchun nomzodni belgilangan muddatga yaqinroq eʼlon qilishni rejalashtirmoqda.
Payshanba kuni FIFA kengashi yigʻilishida Infantino FIFA Forward Enterprise loyihasi boʻyicha hisobot taqdim etadi va Folarin Balogun ishi yuzasidan savollarga javob beradi. Shuningdek, u intizom qoʻmitasini toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka sabab berilgan bir oʻyinlik diskvalifikatsiyalarni bekor qilish huquqidan mahrum etuvchi tuzatishni taklif qiladi.

